Bugundan o‘qishni ko‘chirish uchun ariza olish boshlandi
Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, bugun, 15 iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlandi.
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5 avgustga qadar davom etadi va quyidagi 2 ta platforma orqali qabul qilinadi:
- transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
- my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:
- Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;
- Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.
O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter