Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Foto: «Job.rggu.ru»

Diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan QS, THE, ARWU tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan OTMlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2021-yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan xorijiy OTMlarda olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring