Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng ko‘p abituriyent qaysi viloyatdan ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi

Eng ko‘p abituriyent qaysi viloyatdan ro‘yxatdan o‘tgani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

OTMlarning bakalavriat yo‘nalishiga hujjat topshirish muddati yakuniga yetdi. Unga ko‘ra, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni bu yili 1 mlndan oshdi.

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 018 007 nafarni tashkil etdi.

Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:

  • O‘zbek tili — 890 304 nafar;
  • Rus tili — 95 456 nafar;
  • Qoraqalpoq tili — 29 917 nafar;
  • Boshqa tillar — 2 330 nafar.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • Kunduzgi ta’lim shakli — 577 096 nafar;
  • Kechki ta’lim shakli — 24 802 nafar;
  • Sirtqi ta’lim shakli — 407 945 nafar;
  • Masofaviy ta’lim shakli — 8 164 nafar.

Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

  • O‘zbekiston milliy universiteti — 36 782 nafar;
  • Toshkent davlat transport universiteti — 30 421 nafar;
  • Farg‘ona davlat universiteti — 29 941 nafar;
  • Toshkent davlat pedagogika universiteti — 28 827 nafar;
  • Qarshi davlat universiteti — 28 417 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:

  1. Qashqadaryo viloyati — 120 008 nafar;
  2. Samarqand viloyati — 114 180 nafar;
  3. Farg‘ona viloyati — 94 999 nafar;
  4. Toshkent viloyati — 89 603 nafar;
  5. Surxondaryo viloyati — 84 457 nafar.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring