Eng yaxshi universitetlar reytingi e’lon qilindi

«Reuters» agentligi fan va texnologiyalar taraqqiyotiga eng ko‘p hissa qo‘shayotgan universitetlar ro‘yxatini tuzdi. Unda qatorasiga to‘rtinchi yil Stenford universiteti birinchi bo‘ldi. Bu haqda «Xaytek» xabar berdi.
Reytingdagi yetakchi beshlikda faqat Amerika universitetlari: Massachusets texnologiyalar instituti (MIT) ikkinchi, Garvard universiteti uchinchi, Pensilvaniya va Vashington universitetlari to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni band etdi.
Reytingga kirgan ta’lim dargohlari soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda — jami 49 ta universitet. Germaniya va Yaponiya ikkinchi o‘rinda — har biridan to‘qqiztadan universitet.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter