Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertadan Prezident maktablariga imtihonlar boshlanadi

Ertadan Prezident maktablariga imtihonlar boshlanadi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi xabar berishicha,  1-iyuldan boshlab ushbu maktablarga imtihonlarning birinchi bosqichi boshlanadi.

Test jarayonlari 1-iyul kuni soat 9:00 da boshlanadi. Imtihonlar ikki smenada - 09:00 va 16:00 da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, imtihonga belgilangan vaqtdan 1 yarim soat oldin kelish talab etiladi.

Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni «Shaxsiy kabinet» orqali olish lozim.

Talabgorlar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak.

Imtihon kuni karantin qoidalariga amal qilish talab etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring