Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘ona davlat universitetiga 72 yoshli ayol hujjat topshirdi

Farg‘ona davlat universitetiga 72 yoshli ayol hujjat topshirdi

Foto: fdu.uz

Farg‘ona davlat universitetiga bu yil 72 yoshli ayol hujjat topshirdi.

Ayni paytda Milliy matbuot markazida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov bu haqida ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, joriy yildan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishda yoshga doir cheklovlar olib tashlangan. Shuningdek, salomatlik holati bo‘yicha ma’lumotnoma ham so‘ralmayapti.

Hozirga qadar 70 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirgan. Bugundan boshlab kunlik hujjat topshirish ko‘rsatkichi keskin ortgan. Bugun kunning birinchi yarmida 10 mingdan ko‘p hujjat topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring