Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guliston shahar hokimi 6 nafar talabaning kontrakt to‘lovi uchun sertifikatlar taqdim etdi

Guliston shahar hokimi 6 nafar talabaning kontrakt to‘lovi uchun sertifikatlar taqdim etdi

Foto: «Uza.uz»

«Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» davlat dasturini ijrosi doirasida kuni kecha Guliston davlat universiteti talabalari va Guliston shahar hokimi To‘lqinjon Dadabayevning «Hokim va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida, oliygohning iqtidorli talabalari «O‘zbekiston uchun 100 g‘oya» tanlovi uchun tayyorlangan loyihalari taqdimotini o‘tkazdi.

So‘ngra universitetning faollar zalida shahar hokimi va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda 4 nafar GulDU hamda yana 2 nafar Samarqand davlat tibbiyot instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan gulistonlik talabalarga shahar hokimi tomonidan kontrakt to‘lovlari uchun sertifikatlar taqdim etildi.

Kontrakt mablag‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi sertifikat bilan taqdirlangan Guliston shahri Taraqqiyot mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi, GulDU talabasi Dilfuza Mirzayeva, ota-onasidan erta judo bo‘lgan, unga Guliston shahar hokimligi tomonidan 2021-yil o‘qishi uchun kontrakt mablag‘i to‘langanligi to‘g‘risidagi bank sekrtifikati topshirildi.

«Mana shunday ezgu ishdan juda xursandmiz. Iqtisodiy ahvolimni tushinib, otalarcha g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan hukumatimiz, barcha saxovatpesha insonlardan minnatdorman», – deydi Guliston davlat universiteti talabasi Dilfuza Mirzayeva.

Tadbir yakunida universitetda o‘tkazilgan «Ta’lim granti» loyihasida g‘olib bo‘lgan hamda «Yoshlar oyligi» doirasida o‘tkazilgan tanlov, loyiha va musobaqalarda zafar quchgan jami 16 nafar talaba-yoshga shahar hokimi va universitet rektorining diplom, pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring