Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hayajonli daqiqalar — Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihoni

Hayajonli daqiqalar — Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihoni

2020-yilning 29-avgust kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: yangi o‘quv yilida Turkiyaning Iqtisodiyot va Texnologiya Universitetining Toshkent filiali 2 ta yo‘nalishda (elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish yo‘nalishi — 50 nafar talaba, xalqaro biznes va tadbirkorlik yo‘nalishi — 50 nafar talaba) jami 100 nafar talabani qabul qiladi. 500 dan ortiq talaba ushbu ta’lim muassasasiga hujjatlarni topshirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga qilgan rasmiy tashrifi doirasida 19- fevral kuni Anqara shahrida o‘tkazilgan Oliy darajadagi O‘zbekiston — Turkiya birinchi strategik hamkorlik yig‘ilishi natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Turkiya Palatalari va birjalari ittifoqi o‘rtasida «TOVV» qoshidagi Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkentdagi filialini ochish yuzasidan memorandum imzolanganini ta’kidlash joiz.

2020-yilning 17-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 389-sonli qarori bilan «Toshkentda Turkiya iqtisodiyot va texnologiya TOBB ETU Universitetining filialini ochish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Ma’lumot uchun: Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universiteti 2004-yilda Turkiya savdo palatalari va birjalari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan. Bugungi kunda professor-o‘qituvchilar tarkibi borasida eng kuchli universitetlardan biri hisoblanadi. Mazkur OTM tadbirkorlarni individual bo‘lish va xalqaro biznes tajribasi asosida ish yuritishga o‘qitadigan universitet sifatida tashkil etilgan.

Universitet filiali poytaxtda joylashgan bo‘lib, dual ta’lim tizimiga asoslangan biznes va tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Ta’lim uch trimestrga bo‘linadi. Talabalar o‘qish davomida turli mamlakatlarda amaliyot o‘tash, dunyoning yetakchi kompaniyalari, shuningdek, Turkiyadagi taniqli tadbirkorlarning faoliyati bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Ma’lumot uchun: Universitet faoliyatining o‘ziga xosligi o‘quv rejalarining DUAL ta’limga asoslangan uch semestrlik o‘quv jarayoni hisoblanib, ta’lim oluvchilarga 2 semestr davomida nazariy bilimlar bilan bir qatorda 3-chi semestrda amaliy ko‘nikmalar shakllanishi muvozanatlashtirilgan. Universitetning ushbu xususiyati uning Turkiya ta’lim tizimida aloxida o‘rin tutishini ta’minlagan.

Ushbu OTM talabalari Turkiyaga sayohat qilish kabi imkoniyatga ega. Bu sayohat davomida xorijiy korxonalar faoliyati bilan tanishish, shuningdek, turli mamlakatlarda amaliyot o‘tash imkoniyatini beradi. Ushbu universitet talabalari o‘qish davomida dunyoning yetakchi kompaniyalari va taniqli tadbirkorlar faoliyati bilan tanishadilar.

3 trimestrdan biri butunlay amaliyotga qaratilgan bo‘lib, talabalar mamlakatimizdagi, shuningdek, chet eldagi yirik korxonalarda, elektrotexnika sohasida, to‘qimachilik va meva-sabzavot klasterlarida amaliy mashg‘ulotlarni o‘taydilar. Amaliy mashg‘ulotlar davomida barcha talabalar oziq-ovqat va turar joy bilan ta’minlanadilar.

Ma’lumot uchun: 2013-yilda Universitetda ta’lim, o‘qitish va tadqiqotlar sohasida xizmatlarni ko‘rsatish uchun texnologik markaz ochildi va yosh tadbirkorlarga o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishda yordam beradigan TOBB ETU — GARAJ o‘z ishini boshladi. Turkiya iqtisodiyot va texnologiyalar Universitetining Toshkent shahridagi filiali ham shu kabi texnologik markaz tashkil etishni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, iqtidorli va kam ta’minlangan talabalar uchun Turkiya savdo palatalari va birjalar ittifoqi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan beriladigan bir qator imtiyoz va afzalliklarni ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, talabalar Turkiyaga sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, talabalar Savdo-sanoat palatasining tashqi iqtisodiy yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish, shuningdek, hunarmandchilik sohasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ushbu universitet talabalari uchun o‘zlarining til bilimlarini oshirish imkoniyati yaratilgan. Darslar ingliz tilida olib boriladi. Shuningdek, ular qo‘shimcha: turk, fransuz, nemis va xitoy tillarini o‘rganadilar.

Ma’lumot uchun: 2018-yilda 2000-yilda tashkil etilgan Universitetlar «Yosh universitetlar 2018: Ming yillik universitetlar» reytingida dunyoning eng yaxshi universitetlari orasida 32-o‘rinni egalladi.

O‘qish qiymati $4000 (o‘quv yili 3 trimestrdan iborat) tashkil etadi. Birinchi kurslar uchun grantlar mavjudligini ham ta’kiladlash joiz.

Ma’lumot tariqasida: Birinchi o‘quv yilida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ushbu universitetning barcha talabalariga (har biri uchun) $750 miqdorida mablag‘ ajratiladi.

Filial o‘z faoliyatini ikkita ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha boshlaydi:

  • Elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish;
  • Xalqaro biznes va tadbirkorlik.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya mamlakatimizning savdo sohasida yetakchi sheriklaridan biridir. So‘nggi yillarda qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti natijasida turkiyalik tadbirkorlar O‘zbekistondagi faoliyatini yanada kengaytirib kelmoqdalar.

Xususan, 2019-yil oxirida mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 19,384 million AQSh dollarini tashkil etdi, bu ko‘rsatkichdan eksport hajmi 8,120 million dollarni, import esa 11,263 million dollarni tashkil etadi. Shu bilan birga, 2020-yilning shu davriga ko‘ra ushbu summa 15,855 mln AQSh dollarini tashkil etmoqda.

Eksportning asosiy yo‘nalishlari: paxtachilik, rangli metallar, mashina va uskunalar va boshqalar. Import uchun esa: kimyoviy mahsulotlar, mashina va uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlarini tashkil etadi.

2020-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda turk kapitali ishtirokidagi 1406 ta korxona faoliyat yuritmoqda, ularning 801 tasi 100% turk kapitaliga ega.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring