Hokim yordamchilariga yana bir imtiyoz berilmoqda
Hokim yordamchilari suhbat asosida OTMga qabul qilinishi mumkin. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori muhokamaga qo‘yildi.
Unga ko‘ra, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan hokim yordamchilari davlat OTMlarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlariga hokimning tavsiyasi bilan davlat granti asosida sirtqi ta’lim shakliga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Ularning o‘qitish xarajatlari Davlat budjetidan qoplab beriladi.
Qaror muhokamasi 19 noyabrga qadar davom etishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter