Ilk bor 18 nafar yoshga «Xalq ta’limi a’lochisi» nishoni berildi

30-iyun - O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan xalq ta’limi tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan 18 nafar yoshlarga «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak-nishoni topshirildi.
Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Aytish joizki, shu kunga qadar «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan ta’lim tizimida 10 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan, aniq natijalarga erishgan, faol tizim xodimlari taqdirlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter