«Jasorat maktablari»ga qabul qilish tartibi belgilandi

«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi.
«Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizom maktablarga (Jasorat sinflari) o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Jasorat sinflariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi, ya’ni bitta sinfga 26 nafar o‘quvchidan iborat tarzda 5-sinfdan boshlab qabul qilinadi.
Jasorat sinflarida o‘qish muddati 7 yilni tashkil qiladi.
Jasorat sinflariga kirish uchun jismoniy tayyorgarlik hamda tegishli fanlar yo‘nalishi bo‘yicha test sinovlari iyul oyida o‘tkaziladi.
Jasorat sinflarining 9-sinfini yakunlagan o‘quvchilarga tayanch o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, 11-sinfini tamomlagan o‘quvchilarga umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 15 noyabrdagi tegishli qarori bilan «Jasorat maktablari» ro‘yxati tasdiqlangan
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter