Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzaxlik o‘quvchi 20 million so‘mlik pul mukofotiga ega chiqdi

Jizzaxlik o‘quvchi 20 million so‘mlik pul mukofotiga ega chiqdi

Foto: Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

«Yangi O‘zbekiston» universiteti tomonidan o‘tkazilgan «Buyuk allomalar izidan» nomli olimpiadaning kimyo fanidan final bosqichida jizzaxlik Muqaddas Ismoilova mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi xabariga ko‘ra, unga 20 million so‘m pul mukofoti, 38 million so‘mlik grant, medal va boshqa sovg‘alar taqdim etildi.

Shuningdek, yurtimizning Buxoro, Samarqand va Namangan kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchilar ham kumush va bronza medali sohibi bo‘lishdi. Ularga ham 2 million so‘mdan pul mukofoti va «Yangi O‘zbekiston» universitetida tahsil olishlari uchun 38 million so‘mlik grantlar taqdim etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring