Kontraktni to‘lashga mablag‘ yetmasa ham IT-universitetga kirishning yo‘li
Talabalarga grantlar, imtiyozli kreditlar beriladi, ular stajirovka hamda ishga joylashishda (jumladan, chet elda ham) yordam oladilar. Bitiruvchilar ikkita oliygoh – International Digital University (O‘zbekiston) va Vulverxempton universiteti (Buyuk Britaniya) diplomlariga ega bo‘ladilar.
Zamonaviy dunyoni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular tibbiyotdan tortib ko‘ngil ochishgacha – barcha sohalarga kirib borib, hayotimizning uzviy qismiga aylandi. Ko‘plab insonlar uchun IT-ta’lim muvaffaqiyatli kelajakka boshlovchi yo‘l, yuqori haq to‘lanadigan va talab katta bo‘lgan kasblar eshigini ochuvchi kalit sanaladi.
Biroq, ITga olib boruvchi yo‘lda ko‘pincha ta’lim haqining yuqoriligi to‘g‘anoq bo‘ladi. International Digital University (IDU) esa, hatto moliyaviy imkoniyatlar cheklangan holatda ham IT-ixtisoslikka ega bo‘lish imkonini beradi. Universitet talabalarni har bir bosqichda – o‘qishga kirishdan to ishga joylashishgacha qo‘llab-quvvatlaydi.
Ta’lim haqini kamaytirish yo‘li
IDU talabalarida o‘qish davrida moliyaviy yuklamani kamaytirishning 3 ta yo‘li bor.
- Universitet grantlari
IDUda iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashning sodda va shaffof mexanizmi amal qiladi. Kirish imtihonlarida eng katta ball to‘plagan talabalar kontrakt summasining 30%, 50% va 90 % miqdorida grantlarga ega bo‘ladilar.
Shuhrat (Angren), «Sun’iy intellekt» yo‘nalishi – universitet granti sohibi:
— 3-kursda o‘qiyman. O‘z vaqtida IDUni tanlashimga sun’iy intellekt mavzusiga qiziqishim sabab bo‘lgan, yana ta’lim ingliz tilida bo‘lishini xohlagandim. Bizda o‘qituvchilar va o‘quv dasturi juda kuchli. Dastur aniq yo‘nalishga ega ekanligi va unda kerak bo‘lmagan ortiqcha fanlar yo‘qligi menga yoqadi.
Kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra, men IDUdan kontraktning 90 %i miqdorida grant oldim. Ingliz tilini 86% ga, matematikani 65% ga topshirdim. Tilni maktabdayoq yaxshi bilardim, lekin matematikam yetarlicha yaxshi emas edi. Bu fanni mustahkamlash uchun IDU huzuridagi tayyorlov kurslariga qatnadim.
Men uchun grantga kirish muhim edi, chunki aks holda o‘qiy olmasdim. Ota-onam – pensioner, shu sababli kontrakt pulini to‘lay olishmasdi. Universitetni yakunlagach, Yevropaga borib, u yerda sun’iy intellekt sohasida ishlamoqchiman.
- Ta’lim krediti
Davlat Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi (13,5%) bo‘yicha imtiyozli kreditlar beradi. O‘qish davomida talabalar faqat foizlarni to‘lab boradilar, asosiy qarzni esa, OTMni yakunlaganlaridan bir necha oydan keyin so‘ndirishni boshlaydilar. Qizlar uchun esa, foizsiz kreditlar mavjud.
IDU banklar bilan faol hamkorlik qiladi. Universitet mutaxassislari konsultatsiyaviy yordam ko‘rsatadilar va bank talablariga muvofiq hujjatlar paketini rasmiylashtiradilar. Shu tufayli abituriyentlar kontrakt to‘lovi uchun moliyaviy ko‘mak olishdan ko‘ngillarini to‘q qilsalar bo‘laveradi.
- O‘qish va ishni uyg‘unlashtirish
IDUning ko‘plab talabalari ishlaydilar va kontraktning bir qismini mustaqil to‘laydilar. Universitet mashg‘ulotlar jadvalini kunning yarmi bo‘sh qoladigan qilib tuzadi. Shu tariqa, talabalarda yarim stavka ishlash yoki o‘z loyihalarini amalga oshirish uchun bo‘sh vaqt yuzaga keladi.
Ishga joylashishda yordam
International Digital University — bu o‘z faoliyatini o‘quv jarayonining o‘zi bilan chegaralab qo‘ymaydigan OTM. Har bir bitiruvchi ishga joylashishda individual qo‘llab-quvvatlanadi. Talabalar o‘qish davomidayoq amaliy ko‘nikmalarini boyitib, foydali tanishuvlarga ega bo‘lib boradilar. Buning uchun IDU tuzilmasida karera menejeri lavozimi ko‘zda tutilgan, uning vazifalariga uchinchi kursdan boshlab pulli va bepul stajirovkalarni tashkil etish kiradi.
Alan Frans, International Digital University rektori:
— International Digital University’ning maqsadi jahon miqyosidagi mutaxassislarni tayyorlashdan iborat. Bitiruvchilarimiz ham mahalliy, ham global mehnat bozorlarida katta talabga ega bo‘lishiga ishonchimiz komil.
Bitiruvchilarimiz kareralarini muvaffaqiyatli boshlashlarini ta’minlash uchun, IDU yapon rekruting agentligi bilan kelishuvga erishdi. Ko‘plab rivojlangan mamlakatlar kabi, Yaponiya ham IT sohasidagi yosh mutaxassislarga ehtiyoj sezadi. Bu yuqori ish haqlarida o‘z aksini topadi – oylik maoshlar $3 000 dan boshlanadi. Hozir biz Buyuk Britaniya va AQSh rekruting kompaniyalari bilan ham muzokaralar olib boryapmiz.
O‘quv dasturimiz va bizdagi mazmunga boy talabalik hayoti talabalarda dunyoning istalgan nuqtasida muvaffaqiyatli ishlash uchun zarur ko‘nikmalar va salohiyatni shakllantiradi. Vulverxempton universiteti bilan hamkorlik tufayli, IDU bitiruvchilari ikki tomonlama diplomga ega bo‘ladilar, bu esa ularning karera istiqbollarini sezilarli ravishda kengaytiradi.
Talabalarning startaplarini qo‘llab-quvvatlash
Bugungi kunda ilg‘or yoshlar startap ochib, Uber yoki Airbnb kabi dunyoni o‘zgartirib yuboradigan mahsulot yaratishni orzu qiladilar. Biroq, ko‘pincha bu yo‘lda dastmoya yo‘qligi va tajriba yetishmasligi to‘g‘anoq bo‘ladi. International Digital University talabalarga ularning tadbirkorlik ambitsiyalarini ro‘yobga chiqarishda yordam beradi. Universitet huzurida tashkil etilgan Startaplarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi muvaffaqiyatli biznesga aylanishga qodir istiqbolli loyihalarga investitsiya kiritadi.
Ekskursiyalar va konsultatsiyalar
IDUga imtihonlar har ikki haftada bir marta o‘tkaziladi. Imtihon topshirish kunlarida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun universitet bo‘ylab ekskursiyalar tashkil etiladi.
IDUga grant asosida kirish shartlari bilan idu.uz veb-saytimizda batafsil tanishing.
Yoki +998 55 520 50 80 telefoni orqali koll-markazga qo‘ng‘iroq qiling va shaxsiy konsultatsiyaga ega bo‘ling.
Instagram: @idu.uz
Facebook: fb.com/iduuni.uz
Telegram: t.me/idu_uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter