Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘zi ojizlarni darsliklar bilan ta’minlashda Xitoy bilan kelishuvga erishildi

Ko‘zi ojizlarni darsliklar bilan ta’minlashda Xitoy bilan kelishuvga erishildi

Foto: O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi matbuot xizmati

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda Ko‘zi ojizlar bosmaxonasida Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi mutasaddilari bilan 23-yanvar kuni uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Uchrashuvda ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatlar uchun darsliklar chop etish jarayoni, matbaa korxonasining moddiy texnik bazasi, mavjud sharoiti mehmonlarga tanishtirildi.

Muloqot mobaynida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ko‘zi ojizlarni darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash borasida Xitoy Xalq Respublikasi bilan sheriklikda bir qator loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Elchi yordamchisi Chjan Venchuan yaqin kunlarda elchixona ushbu matbaa korxonasiga moddiy-texnik jihatdan yordam berish masalasi batafsil ko‘rib chiqilishi, bu masalaga alohida e’tibor qaratilishini bildirdi.

Ma’lumot uchun: hozirda O‘zbekistonda ko‘zi ojizlar uchun 12 ta maktab faoliyat yuritadi, unda 3 mingdan ortiq nogironligi bor o‘quvchi ta’lim oladi. Mavjud matbaa korxonasi esa ularni darslik bilan to‘liq ta’minlashga qodir emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring