Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab direktorlariga talab keskin kuchaytiriladi

Maktab direktorlariga talab keskin kuchaytiriladi

Foto: Xabar.uz

Prezident raisligida xalq ta’limi sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etayotgani xabar berilgandi

Yig‘ilishda maktab direktorlariga nisbatan talab keskin kuchaytirilishi ta’kidlandi.

«Qaysi maktab direktori harakat qilayotgan bo‘lsa, natija bo‘layapti. Aksincha, sharoit yaxshi bo‘la turib, o‘zgarish qila olmayotgan direktorlar ham ko‘p», — dedi Prezident.

Shu bois Xalq ta’limi vazirligiga 1 sentyabrdan boshlab maktab direktorlarini sertifikatlash tizimini joriy etish topshirildi. Bundan buyon direktorlikka nomzodlar ushbu tizim orqali tanlanadi.

Joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish asosida 193 ta ta’lim muassasalari negizida tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashgan maktablarni tashkil etish takliflari ishlab chiqildi.

Viloyat, shahar va tuman hokimlari 1 avgustga qadar o‘z hududidagi ushbu maktablarni ta’mirlash, zamonaviy jihozlash, yashash va ovqatlanish uchun sharoitlar yaratishga mas’ul etib belgilandi.

«Yangi o‘quv yiliga qadar 173 ta maktab tayyor bo‘lishi shart va bunga viloyat, shahar va tuman hokimlari javobgar. Qolgan 20 ta ixtisoslashgan maktab keyingi o‘quv yiliga qadar topshirilishi shart», — dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev avvalroq o‘qituvchilarni qayta tayyorlashga 100 ming dollar ajratilishini ma’lum qilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring