Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Foto: Xabar.uz

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy telegram-kanalida xabar berildi.

Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi.

II chorak esa 10-noyabrdan boshlanadi.

Qayd etish joizki, o‘quv yili davomidagi ta’tillarning muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Qaroriga asosan (https://lex.uz/docs/3137130) belgilanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring