Maktabdagi kiyim almashtirish xonasida kuzatuv kameralari o‘rnatilgani o‘z tasdig‘ini topdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya kiyim almashtirish xonasida kuzatuv kameralari o‘rnatilgani haqida xabarlar tarqalgan edi, deyiladi Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati ma’lumotida.
Xalq ta’limi vazirining Nazorat-huquqiy xizmati 2019-yilning 7-mart kuni mazkur holatni o‘rganib chiqishi natijasida 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalining o‘g‘il va qiz bolalar kiyim almashtirish xonalarida kuzatuv kameralari o‘rnatilgani aniqlandi.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra, kiyim almashtirish xonalaridagi kameralar demontaj etildi va bu kabi holatlarni oldini olish borasida barcha maktab rahbariyatiga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter