Maktablarda 2-sentyabrdan yangi o‘quv yili boshlanadi
Yurtimizdagi maktablarda 2026/2027 o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.
Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida yangi – 2026/2027 o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentyabridan (chorshanba kuni) boshlanadi.
Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat «Prezident sovg‘asi» tantanali topshiriladi.
Avvalroq OTM, litsey va texnikumlarda qachon o‘qish boshlanishi aytilgandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter