Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda 4-chorak qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi. Lekin...

Maktablarda 4-chorak qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi. Lekin...

Foto: «Mzgazeta.ru»

2021-yil 20-mart kuni 2020-2021-o‘quv yilining bahorgi ta’tilining birinchi kuni hisoblanishi haqida avvalroq xabar berilgandi.

Hozirda yurtdoshlarimizdan bahorgi ta’til uzaytirildimi degan juda ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Mazkur savolga javoban Xalq ta’limi vazirligi bahorgi ta’til 28-martgacha davom etishi, 4-chorakning ilk kuni 29-mart ekanligini yana bir bor ma’lum qiladi.

Shuningdek, yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda gibrid shakldagi ta’limga ruxsat etilganligini, qaysidir maktab yoki hududdagi epidemiologik vaziyatga qarab maktab karantinga yopiladigan bo‘lsa, ushbu maktab o‘quvchilari vaziyat barqarorlashguniga qadar vaqtincha ta’limni onlayn shaklda davom ettirishi mumkinligini eslatib o‘tdi Xalq ta’limi vazirligi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring