Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar

Foto: «Uza.uz»

Mamlakatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2018-2019 o‘quv yilini yakunlash hamda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazilishini tashkil etish maqsadida quyidagilarga amal qilishingiz tavsiya etiladi:

– umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini joriy yilning 25 may kuni ertalabki soat 8:00 da «Mening maktabim – mening uyim» shiori ostida tashkil etish;

– tadbirni faqatgina 1- va 11-sinflar ishtirokida 1 soat davomiylikda o‘tkazish (9-sinf o‘quvchilari bitiruvchi hisoblanmaydi);

– «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarining maktab hovlisi, bog‘ida yoki soya- salqin ochiq maydonlarida o‘tkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini ta’minlash;

– bitiruvchi o‘quvchilarning maktab formasidan tashqari, turli liboslar hamda lentalar taqib olishini oldini olish;

– tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlash, gigiyena va tozalik talablariga muvofiq sharoitlar yaratish, yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash;

– umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tadbirlarning tartibli o‘tishini ta’minlash maqsadida joylardagi mahalla qo‘mitasi, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlik qilish;

– maktab rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida aniq raqam va dalillar keltirilgan holda ma’lumot berish;

– tadbirga faxriy o‘qituvchilar, ota-onalar, kasaba uyushmasi, mahalla va hamkor tashkilotlar, shuningdek, o‘rnak bo‘ladigan maktabning sobiq bitiruvchilarini taklif etgan holda ular tomonidan bitiruvchilarga bayram tabrigi va tilaklarini bildirishlarini tashkil etish;

– tadbirda yil davomida namunali xulq va a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilarni taqdirlash va rag‘batlantirish;

– «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli hil pul mablag‘lari yig‘ilishini qat’iyan taqiqlanadi;

– umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘qituvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.k.da banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazish va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi;

– tadbirni tashkil etishda maktabning «Kuzatuv kengashi» a’zolari faol ishtirok etishi bilan bir qatorda yuqorida keltirib o‘tilgan tavsiyalarga amal qilinishi ustidan nazorat olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring