Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun yangi loyiha ishga tushirildi!

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun yangi loyiha ishga tushirildi!

IT-Park va «Meros» xayriya jamg‘armasi bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun dasturlash bo‘yicha treninglarni ishga tushirmoqda. Treninglar joriy yilning 2-avgust sanasida boshlanadi.

2-avgustdan 14-avgustga qadar tahlil nazariyasi, ma’lumotlarni qayta ishlash, mashinaviy o‘rganish, veb-dasturlash va boshqa ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar professional o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi.

Darslar Xo‘jayli shahridagi «Mehribonlik-1» bolalar uyi tarbiyalanuvchilari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida o‘tkaziladi.

Bu ilk treninglardan biri, ammo so‘nggisi emas. Yaqin kunlarda ushbu tashabbusni mamlakatimizning boshqa hududlarida ham keng joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring