Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Millioner yoshlarimiz soni ma’lum qilindi

Millioner yoshlarimiz soni ma’lum qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish doirasida o‘tgan to‘rt yilda:

  • «Oilaviy tadbirkorlik» dasturlari doirasida 13,5 trillion so‘m kredit ajratilib, 1 million yosh band bo‘ldi;
  • «Yoshlar daftari»dan 107 ming o‘g‘il-qizlarimizga 338 milliard so‘m subsidiya berildi;
  • 205 ta «Yoshlar sanoat zonasi»da 2,5 trillion so‘mlik 1,2 ming loyiha ishga tushdi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga, biznesini «nol»dan boshlab, hozirda aylanmasini million dollardan oshirgan 1,5 ming nafar yoshlarimiz bor.

— Qilsa bo‘larkan-ku! Eng muhimi, yoshlarimizni yangi-yangi g‘oyalari ko‘p. Ularga faqat e’tibor va sharoit kerak, — dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga «to‘rtinchi sanoat inqilobi» kasblari juda muhimligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring