Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy gvardiya instituti boshqa nomda qayta tashkil etildi

Milliy gvardiya instituti boshqa nomda qayta tashkil etildi

Foto: «Xabar.uz»

«Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5077-son, 15.04.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi.

Universitet quyidagilar uchun malakali kadrlar tayyorlaydi:

IIV va Milliy gvardiya uchun – jamoat tartibini, yo‘l harakati xavfsizligi va pasport tizimi talablarini amalga oshirish;

Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun – harbiy diplomatiya, yurisprudensiya va iqtisodiyot hamda muhandislik-texnik, tarbiyaviy-psixologik va qo‘mondonlik-taktik faoliyat sohasida;

qo‘riqlash tuzilmalariga ega organlar uchun – qo‘riqlash sohasining barcha yo‘nalishlarida.

2021/2022 o‘quv yilidan Universitetda bakalavriat va magistratura tizimi joriy etiladi.

Qabul kvotasi bakalavriatga 300 tagacha kursantlarni, sirtqi ta’lim uchun 100 nafargacha tinglovchini tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring