Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muhim: o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

Muhim: o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

Foto: Xabar.uz

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2022/2023 o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Joriy yil tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari umumlashtirilib, ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari belgilandi.

Bu to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar bilan birozdan so‘ng Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Edu.uz telegram kanaliga joylanadigan videosharh orqali bilib olishingiz mumkin bo‘ladi.

O‘tish ballarini yo‘nalishlar kesimida bilish uchun maxsus platforma: @infoeduuz_bot

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring