Muhim! Test sinovlari karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda o‘tkaziladi

Abituriyentlar test sinovlariga karantin talablariga qat’iy rioya qilgan holda (tibbiy niqob, rezina qo‘lqopda, dezinfeksion yo‘lak va antiseptik vositalar bilan zarasizlantirilib) kiritiladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Binolar kuniga 4 marotaba dezinfeksiya qilinadi.
Tana harorati yuqori 370dan yuqori bo‘lgan va kasallik alomatlari bo‘lgan abituriyentlar imtihonga kiritilmaydi.
Test sinovlari o‘tkaziladigan hududlarda ota-onalar to‘planishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter