Namangan, Samarqand, Qashqadaryoda soxta abituriyentlar aniqlandi

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilayotgan test sinovlari to‘g‘risida 2020 yil 3 sentyabr kuni yakuniga ko‘ra ma’lumot berildi.
Respublikadagi 65 ta ob’ektda (48 ta stadion va 17 ta hiyobonda) test sinovlari 1-smenada soat 08.00 da boshlanib, 11.00 da tugadi va 2-smenada 17.00 da boshlanib, 20.00 da tugadi.
Namangan viloyatida ob-havo tufayli, 2-smenada imtihon soat 18.30 da boshlanib, 21.30 da tugadi.
Test sinovlarida bir kunda ishtirok etishi rejalashtirilgan 117 919 nafar abituriyentdan 112 103 nafari – 95,1 % qatnashdi.
6 nafar abituriyentning tana harorati 37⁰ C dan yuqori bo‘lganligi sababli, ularga ishtirok etishga ruxsat berilmadi.
Jami 5 695 nafar abituriyent test sinoviga kelmadi.
40 nafar abituriyent hududga kirish joyida: 28 nafari telefon, 3 nafari shpargalka, 9 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgani uchun chetlatildi.
75 nafar abituriyent imtihon jarayonida:
- 62 nafari telefon va elektron qurilmalar,
- 7 nafari shpargalka,
- 4 nafari test materiallarini olib chiqib ketishga harakat qilgani,
- 2 nafari boshqa shaxsning o‘rniga kirgani uchun chetlatildi.
Namangan, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida boshqa abituriyent o‘rniga kirmoqchi bo‘lgan 6 nafar soxta abituriyentlar jarayondan chetlatilib, Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.
Test sinovlarini o‘tkazish jarayonida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar ro‘y bermadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter