Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangan va Xivada sharq tillari bo‘yicha texnikumlar tashkil etiladi

Namangan va Xivada sharq tillari bo‘yicha texnikumlar tashkil etiladi

«Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilingani va unga ko‘ra, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etilishi xabar qilingan edi.

Qarorga muvofiq shuningdek sharq tillari sohasida o‘rta bo‘g‘in professional kadrlarni tayyorlash, shuningdek, iste’dodli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish maqsadida Namangan va Xiva shaharlarida sharq tillari bo‘yicha texnikumlar tashkil etiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2020 yil 1 avgustga qadar mazkur texnikumlarni sharq tillarini o‘qitishga moslashtirish, malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash choralari ko‘riladi.

Shu muddatda ushbu texnikum bitiruvchilarga qo‘yiladigan malaka talablari, o‘quv reja va dasturlari ishlab chiqiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring