Natijalari yaxshilanayotgan O‘zbekiston!

Mamlakatimiz yoshlari Xalqaro olimpiadalardagi natijalarini yaxshilab bormoqda.
Braziliyada bo‘lib o‘tgan 59-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu safar medallarning sifati ham ancha yuqori bo‘ldi.
Uchta oltin, ikkita kumush, ikkita bronza medali yosh kimyogarlarimizning chuqur bilimlari, intilishlari va ularni tayyorlagan ustozlarimizning tinimsiz mehnati samarasidir.
O‘tgan 2024 yildagi natijalardan (1 kumush, 4 bronza) bu yilgisi yaqqol yaxshilangani ochiq ko‘rinib turibdi — biz faqat oldinga intilayapmiz.
Har bir medal O‘zbekiston yoshlarining dunyo sahnasidagi yuksak salohiyatini, fanga bo‘lgan muhabbati va intilishini namoyon etadi.
G‘olib o‘quvchilar mamlakatimizda katta miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Davlatimiz ilm-fanga qiziqqan iste’dodlarni qadrlaydi!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter