Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda oliy ta’lim ko‘lami deyarli ikki baravar oshiriladi

Navoiyda oliy ta’lim ko‘lami deyarli ikki baravar oshiriladi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari viloyatda oliy ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlar haqida gapirib o‘tdi.

— Kelgusi besh yilda ­Navoiy viloyatida 12 ming oliy, ­ishchi kasblar bo‘yicha ­40 ming o‘rta ma’lumotli mutaxassislarga talab bo‘ladi.

Shu sababli, ­Navoiy viloyatini muhandis mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha ­respublika markaziga aylantirish dasturini amalga oshiramiz.

Buning uchun, ­Navoiy konchilik instituti negizida, ­qariyb 15 ming talabani o‘qitadigan ­Politexnika universiteti tashkil etiladi.

Shuningdek, ­Navoiy davlat pedagogika instituti quvvatlari ­qo‘shimcha 6 ming o‘ringa kengaytiriladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ta’kidlanishicha, viloyatda ­20 ta yangi yo‘nalishlar ochilib, ­oliy ta’lim bilan qamrov darajasi ­37 foizdan 60 foizga yetadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring