Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi nostrifikatsiyalash uchun Toshkentga kelish shart emas. Hujjatlar onlayn qabul qilinadi

Endi nostrifikatsiyalash uchun Toshkentga kelish shart emas. Hujjatlar onlayn qabul qilinadi

Foto: «Klerk.ru»

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan «Nostrifikatsiyalash uchun hujjatlarni onlayn topshirish» interaktiv xizmati ishga tushirildi. Bu haqda inspeksiyaning rasmiy saytida xabar berildi.

Endilikda xorijiy oliy ta’lim muassasasini bitirganlik to‘g‘risidagi diplomni nostrifikatsiya qilish uchun buyurtmani onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Onlayn-servis xorijiy diplomni nostrifikatsiyalashda Davlat inspeksiyasiga tashrif buyurish sonini qisqartirish imkonini beradi.

Xizmatdan foydalanish uchun havola bo‘yicha o‘tib, buyurtmanomani to‘ldirish zarur. 

Buyurtmanoma ko‘rib chiqilgandan keyin inspeksiya xodimlari talabgorni suhbatga yoki imtihonlar topshirishga taklif etishadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ma’lum qilishicha, kelgusida idora nostrifikatsiya imtihonlarni viloyatlarda o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring