Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odil Abdurahmonov vazir etib tayinlanishi kutilyapti

Odil Abdurahmonov vazir etib tayinlanishi kutilyapti

Prezident Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Abdurahmonov Odil Qalandarovich oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda.

Odil Abdurahmonov Qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlangan Ibrohim Abdurahmonov o‘rnini egallaydi. 

Odil Abdurahmonov 1978-yilda tug‘ilgan.

U 2022-yil avgustida O‘zbekiston prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangandi. 2023-yil avgustida prezident administratsiyasidagi islohotlar doirasida tuzilgan Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari lavozimini egallab kelayotgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring