Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘ziga uch maslahatchi tayinladi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘ziga uch maslahatchi tayinladi

Foto: OTFIV matbuot xizmati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri buyrug‘i bilan axborot siyosati, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va raqamli texnologiyalar masalalari bo‘yicha vazir maslahatchilari lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Buyruqqa ko‘ra:

Isajon Abdurayimovich Sultonov — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga;

Nazokat Usmonqulovna Abduqunduzova — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi lavozimiga;

Bobur Kamolovich Rahimov — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring