Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test natijalari e’lon qilindi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test natijalari e’lon qilindi

Foto: Xabar.uz

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi. 

23-avgust kuni test sinovida ishtirok yetgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1. my.dtm.uz saytining «O‘qishni ko‘chirish» (xorijdan) «Natijani olish» bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2. mandat.dtm.uz saytining «O‘qishni ko‘chirish-2022» bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

3. Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda («O‘qishni ko‘chirish 2022» bo‘limidan):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

4. Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola)ni skaner qilgan holda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring