Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OTMlarda o‘qish an’anaviy shaklda boshlanishi mumkin

OTMlarda o‘qish an’anaviy shaklda boshlanishi mumkin

Foto:«Zarnews.uz»

O‘zbekiston OTMlarida o‘qish yana an’anaviy shaklga qaytishi mumkin. 

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev o‘tkazgan videoselektorda mazkur masala ko‘rib chiqilgan. 

Lekin an’anaviy ta’limga qaytish bo‘yicha uzil-kesil qaror qabul qilinmagan, vaziyat hali to‘liq o‘rganilishi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yil 15-mart kuni, yurtimizda ilk koronavirus yuqtirgan fuqaro aniqlangandan so‘ng barcha OTMlarda o‘qish to‘xtagan. 

2-sentyabrdan esa o‘qish masofaviy shaklda qaytadan boshlandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring