OTMlarga hujjat topshirish yakunlandi: 732,4 ming nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan

2025–2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.
Bilimni baholash agentligining Test sinovlarini tashkil etish va nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Jamshidbek Odilovning yozishicha, qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 732 411 nafarni tashkil etgan.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
- O‘zbek tili — 644 027 nafar;
- Rus tili — 71 476 nafar;
- Qoraqalpoq tili — 14 959 nafar;
- Boshqa tillar — 1 949 nafar.
Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
- erkaklar — 346 299 nafar
- ayollar — 386 112 nafar
Ma’lumot uchun, ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar test sinovi uchun to‘lovni bugun, 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar amalga oshirishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter