Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek yigit-qizlari xalqaro olimpiadadan tarixiy natija bilan qaytishdi

O‘zbek yigit-qizlari xalqaro olimpiadadan tarixiy natija bilan qaytishdi

Mazkur olimpiadada Informatikadan ilk marta oltin medalga erishildi.

Joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘istonning Olma-ota shahrida matematika, fizika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida dunyoning 16 ta mamlakatlaridan (Mongoliya, Ruminiya, Rossiya, Turkiya, Indoneziya, Serbiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorus, Bolgariya, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston) 680 nafar o‘quvchi (matematika fanidan - 286 nafar, fizika fanidan - 194 nafar, informatika fanidan - 200 nafar) ishtirok etdi.

Olimpiadada 2 ta oltin,  3 kumush va 9 ta bronza jami 14 ta medallarini qo‘lga kiritildi!

Xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Informatika:

Aslibek Sunnatov — Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi — oltin medal;

Husanboy Mansuraliyev — Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi —kumush medal;

Matematika:

Madina  Suyunova —Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-IDUM 11-sinf o‘quvchisi — oltin;

Asadbek  Boboqulov —Toshkent shahar, Chilonzor tumani, S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyi 1-bosqich o‘quvchisi - kumush;

Begzod  Xoshimjonov — Andijon viloyati, Marhamat tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi — kumush;

Behruzbek Elmurodov  — Qashqadaryo viloyat,   Mirishkor tumani, 21-maktab 10-sinf o‘quvchisi — bronza medal;

Maqsadbek  Egamberdiyev — Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi— bronza medal;

Asilbek  Abduqayumov —Toshkent shahar, Vestminster akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi— bronza medal;

Elbek  Zohidjonov  — Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o‘quvchisi— bronza medal;

Farhod  Ochilov —Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi— bronza medal;

Nurmuhammad  Otamurodov — Buxoro viloyati, Olot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi— bronza medal;

Ozodbek  Axtamov — Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi—  bronza medal;

Azizbek Mamajanov —  Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani 3-maktab 8-sinf o‘quvchisi — bronza medal;

 Ozodbek Orifjonov —  Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-maktab 10-sinf o‘quvchisi —  bronza medal.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi, 19-Xalqaro Jautikov olimpiadasi onlayn formatda tashkil qilingan bo‘lib, unda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring