Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston maktablarida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan qancha o‘qituvchi bor?

O‘zbekiston maktablarida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan qancha o‘qituvchi bor?

Foto:«Xabar.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Anjumanda vazir xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va hayotga tatbiq etilishi rejalashtirilgan vazifalar xususida ma’ruza qilgan.

9 ta ustuvor yo‘nalish va 48 ta maxsus kriteriya bo‘yicha bajarilishi ko‘zda tutilgan Konsepsiyaning sohani malakali kadrlar bilan to‘ldirishga doir qismi haqida fikr yuritar ekan, Sherzod Shermatov ayni paytda bu boradagi ahvolimiz maqtanarli emasligini, misol uchun, tizimda ishlayotgan o‘qituvchilarning qariyb oltmish ming nafari oliy ma’lumotga ega emasligini aytib o‘tdi.

– Shunday taassurot uyg‘onadiki, ular xuddiki hech qayerda ish topolmagandan so‘ng «Men ham qayerdadir ishlashim kerak-ku», deb maktabga kelgandek, – dedi Sherzod Shermatov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring