O‘zbekistonda har 25-inson — talaba
2025/2026-o‘quv yili boshida O‘zbekistondagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar soni 1 mln 535 ming nafarni tashkil etdi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Bu ko‘rsatkich 1991/1992-o‘quv yiliga nisbatan 1 mln 197,6 ming nafar ko‘p yoki qariyb 4,6 barobarga oshgan.
Talabalar sonining o‘quv yillari kesimidagi dinamikasi:
1991/1992-o‘quv yili — 337,4 ming nafar;
1995/1996-o‘quv yili — 192,1 ming nafar;
2000/2001-o‘quv yili — 183,6 ming nafar;
2005/2006-o‘quv yili — 278,7 ming nafar;
2010/2011-o‘quv yili — 274,5 ming nafar;
2015/2016-o‘quv yili — 264,3 ming nafar;
2020/2021-o‘quv yili — 571,5 ming nafar;
2021/2022-o‘quv yili — 808,4 ming nafar;
2022/2023-o‘quv yili — 1 042,1 ming nafar;
2023/2024-o‘quv yili — 1 314,5 ming nafar;
2024/2025-o‘quv yili — 1 432,8 ming nafar;
2025/2026-o‘quv yili — 1 535,0 ming nafar.
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter