O‘zbekistonlik talabalar Rossiyadagi iqtisodiy olimpiadada g‘olib bo‘ldi
2018 yil 22-26 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida bo‘lib o‘tgan "Iqtisodiyot fanlari haftasi" nomli Xalqaro yoshlar iqtisodiy forumida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Universitetning "Buxgalteriya hisobi va audit" fakulteti 4 bosqich talabalari Buranova Jazira, Sobirjonova Azizaxon va Zakirov Baxodir "Stan professionalnim buxgalterom" nomli Xalqaro olimpiadada birinchi o‘ringa ega bo‘ldi va diplomlar bilan taqdirlandi, deb xabar bermoqda universitet axborot xizmati.
Shuningdek, talabalar soliq va soliqqa tortish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada ham ishtirok etib "Eng kreativ guruh" nominatsiyasida g‘olib bo‘lishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter