Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning 30 ta universiteti nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi

O‘zbekistonning 30 ta universiteti nufuzli xalqaro reytingdan o‘rin oldi

Oliy ta’lim muassasalarining nufuzli xalqaro reytingi hisoblangan Times Higher Education o‘zining 2022 yil uchun Impast reytingi (THE Impact Rankings 2022) natijalarini e’lon qildi. Quvonarlisi, ilk bor yurtimizning 30 ta oliy ta’lim muassasasi ushbu reytingdan o‘rin egalladi.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda ushbu reytingga 10 ta oliy ta’lim muassasasi kirgan edi. O‘tgan yili ushbu reytingda 94 ta davlatdan 1000 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari ishtirok etgan bo‘lsa, 2022 yilda 110 ta davlatdan 1500 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari qatnashdi.

Jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti o‘zining oldingi yil natijalarini (1001+) yaxshilab, 801-1000 o‘rinlarini egalladi. Buning natijasi o‘laroq, ushbu reytingga topshirgan respublikaning nufuzli 30 ga yaqin oliy ta’lim muassasalarini ortda qoldirib, mamlakatimizning 2022 yildagi eng barqaror universitetiga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring