Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zMU dunyoning TOP-1000 universitetlari qatoridan joy oldi

O‘zMU dunyoning TOP-1000 universitetlari qatoridan joy oldi

QS Quacquarelli Symonds Xalqaro oliy ta’lim tahliliy agentligi bugun 2025 yil uchun dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingi – QS World University Rankings 2025 natijalarini e’lon qildi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingida (QS World University Rankings 2025) 781-790 o‘rinlarni qayd etib, TOP-1000 universitetlar qatoridan joy oldi.

Mazkur global reyting universitetlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga va ularning bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash istiqbollariga qo‘shgan hissasi va boshqa faktorlarga asoslanadi.

Ushbu natija yangi global reytingda O‘zbekistonning ilk muvaffaqiyati hisoblanib, xorijiy o‘qituvchilar ulushi, o‘qituvchilar va talabalar sonining nisbati bo‘yicha salmoqli yutuqlarni ko‘rsatmoqda.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti xorijiy o‘qituvchilarning ulushi ko‘rsatkichi bo‘yicha Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlari orasida ikkinchi o‘rinni qayd etdi (177-o‘rin).

Shuningdek, universitet «Akademik obro» indikatori bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi to‘rt yuzta oliy o‘quv yurtlari qatoriga kiritilgan (347-o‘rin). Bu universitetning ta’lim hamkorliklarida faol ishtiroki, ularning samarali strategik joylashuvi, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlardan foydalanishi hamda jamiyatda o‘z ta’sir kuchiga ega bo‘lib borayotganidan dalolat beradi.
 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring