Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peduniversitet faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi — prezident

Peduniversitet faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi — prezident

Foto: Xabar.uz

Toshkent pedagogika universiteti faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi. Bugun, 25 may kuni ayni shu va xalq ta’limiga oid masala bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat rahbari matbuot kotibi xabariga ko‘ra, tor doiradagi yig‘ilishda Xalq ta’limi vazirligi rahbariyatining hisoboti va istiqboldagi rejalari ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, kun tartibidan yangi avlod darsliklarini yaratish, Toshkent pedagogika universiteti faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish masalalari ham o‘rin olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring