Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

Foto: Xabar.uz

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.

Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi. Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda o‘qiyotgan talabalarga to‘lanadi.

OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar stipendiya.edu.uz tizimiga har yili 1-15 avgust kunlari kiritiladi.

Tavsiyanomalarni berish 10-30 sentyabr kunlari ko‘rib chiqiladi va stipendiyalar 1 sentyabrdan tayinlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring