Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qabul bo‘yicha muhim ma’lumot e’lon qilindi

Qabul bo‘yicha muhim ma’lumot e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Abituriyentlar uchun muhim xabar berildi. Qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti my.gov.uzga ham joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar «Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish» xizmati orqali fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 20 iyuliga qadar (20 iyul kuni ham) davom etadi. Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatga olish esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Belgilangan muddat ichida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikat olganlar, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring