Qashqadaryolik talabalar uchun xushxabar e’lon qilindi
Qashqadaryodagi ehtiyojmand oilaga mansub 20 ming talabaga kontrakt pullari to‘lab beriladi. Bu haqda qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Yuqoridagi maqsadlar uchun 220 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
«O‘z biznesini ijaraga olingan binoda boshlayotgan yoshlarimizga bir yillik ijara xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.
Talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimi joriy qilinadi», – dedi nomzod.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter