Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! Magistraturaga kirish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

Rasman! Magistraturaga kirish imtihonlari sanasi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Magistraturaga kirish imtihonlari 2020-yil 3-20-avgust kunlari o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbbusi bilan:

  • 2020-yil 25-iyunga qadar magistraturaga kirish sinovlari uchun tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarning ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni hamda xorijiy tilni bilish darajasini aniqlaydigan testlar bazasi (to‘plami) shakllantiriladi.
  • Istisno tariqasida, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlaridan kelib chiqib, 2020/2021-o‘quv yili uchun magistraturaga kirish imtihonlari 2020-yil 3-20-avgust kunlari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti (www.edu.uz) orqali amalga oshiriladi.

Hujjatlar 2020-yil 1-iyuldan 30-iyulgacha qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring