Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada o‘qiyotgan ayrim talabalarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildi

Rossiyada o‘qiyotgan ayrim talabalarga o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berildi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat qabul komissiyasining 7-son bayoni bilan Rossiya Federatsiyasining (Ukraina bilan chegaradosh) Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlaridagi OTMlarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berildi.

Unga ko‘ra:

  • talabalarning doimiy yashash manzili hududida joylashgan OTMning mos va turdosh (mos va turdosh bo‘lmagan taqdirda mazmunan yaqin bo‘lgan) ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish mumkin. Masalan, Xorazmda doimiy ro‘yxatda turadigan talaba Toshkentga o‘qishini ko‘chira olmaydi;
  • arizalar 2022 yil 1 noyabrdan 20 noyabrga qadar (shu kuni ham) my.dtm.uz sayti (“Rossiya Federatsiyasidan o‘qishni ko‘chirish” bo‘limi) orqali qabul qilinadi;
  • talabalarning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olganligini tekshirish 2022 yil 25 noyabrdan 15 dekabrga qadar Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
  • talabalarning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berish bo‘yicha qaror respublika OTMlarining idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinadi;
  • fuqarolarning Rossiyadagi muayyan OTMda haqiqatda o‘qiyotganligi aniqlanmasa ularning o‘qishi ko‘chirilmaydi;
  • o‘qishi ko‘chirilgan talabalarning o‘qishini mos kursdan davom ettirishiga istisno tariqasida ruxsat beriladi. Ya’ni fanlardan farqi ko‘pligi uchun pastki kursga ko‘chirilmaydi. Bunda aniqlangan fanlar farqi 2022-2023-o‘quv yili davomida bepul topshiriladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring