Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saida Mirziyoyeva: «Darsliklar tubdan yangilanyapti»

Saida Mirziyoyeva: «Darsliklar tubdan yangilanyapti»

Toshkentda «Sifatli ta’lim — Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti poydevori» mavzusida tadbir o‘tkazildi.

«Hammamizga ma’lumki, ta’lim sohasida qiladigan ishlar ham, yillar davomida yechimini kutib charchagan muammolar ham, oddiy ichimlik suvidan tortib, isitish moslamalari-yu, sanitar sharoitlari yo‘q maktablar qancha. Afsuski, maktablar qurilishi yangi tug‘ilayotgan bolalarga yetib ulgurmayapti. Hozirda 1 million 200 ming o‘quvchi o‘rniga ehtiyoj bor.

O‘tgan 7 yilda 5 140 ta maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari olib borildi. O‘qituvchilarning oylik maoshlari ko‘tarildi. Millatimiz paxta qulligidan ozod etildi. O‘qituvchilarni maktabga qaytarish Prezidentimizning armoni va orzusi edi. Bugun o‘qituvchi darsda.

Endi ularga tajriba, bilim va o‘qitish uchun dasturlar, metodika va darsliklar kerak.

Bu yil boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining darsliklari tubdan yangilanyapti. Hozirda 5–11 sinflar uchun darsliklar yaratish ishlari boshlandi.

Shu bilan birga yangi metodika asosida Toshkentda 300 nafar ilg‘or pedagog o‘z malakasini oshirdi.

Umid qilamanki, ustozlarimiz zamonaviy bilim va qo‘nikmalarni qunt bilan o‘zlashtirib, qolgan hamkasblariga ham ularni yetkazishadi», qayd etdi Saida Mirziyoyeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring