Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Ispaniya bilan hamkorlikda ispan tili markazi ochildi

Samarqandda Ispaniya bilan hamkorlikda ispan tili markazi ochildi

Foto:«SamDChTI»

Samarqand davlat chet tillari institutiga Ispaniyaning Kastilya La-Mancha universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Universitetning xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Fatima Gomez boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan ispan tili o‘qituvchilari va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, ilmiy tadqiqot sohalarida hamkorlik o‘rnatish kabi masalalar muhokama qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, institutning Roman-german tillari fakulteti qoshida talabalarni ispan tilini o‘rganishga rag‘batlantirish, ularga qo‘shimcha sharoit yaratish hamda yoshlarning bilimini yanada oshirish maqsadida ispan tili markazi ochildi.

Tashrif yakunida Kastilya La-Mancha universiteti va Samarqand davlat chet tillar instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring