Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SamDUda masofaviy o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

SamDUda masofaviy o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

Foto: «upl.uz»

Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qaror bilan 2018-2021-yillarda Samarqand davlat universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dasturda, xususan universitetda masofaviy o‘qitish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab Samarqand davlat universiteti kadrlar buyurtmachilarining talablaridan kelib chiqqan holda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalarining umumkasbiy fanlari blokidagi mavjud fanlar hajmini qisqartirish hisobiga ixtisoslik fanlari blokida mavjud fanlar hajmini 30 foizgacha oshirib, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqadi hamda amaliyotga joriy etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring